Shumanay tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Shumanay tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Abdullayev” oilaviy shifokorlik punktida Xiva shahar shifokorlari ishtirokida 2026-yil 18-sentabr kuni tuman aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ko‘rik davomida fuqarolarning umumiy salomatlik holati baholanib, turli kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, mavjud muammolar bo‘yicha tegishli tibbiy tavsiyalar berish hamda zarur hollarda tor soha mutaxassislariga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tibbiy ko‘rikning aholi yashash hududiga yaqin joyda tashkil etilishi, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bunday amaliyot orqali kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularning asoratlarini oldini olish va aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish imkoniyati yaratilmoqda.

Mazkur tibbiy ko‘rik aholi salomatligini muhofaza qilish, profilaktika va erta tashxis qo‘yish ishlarini izchil davom ettirish, fuqarolarga o‘z vaqtida zarur tibbiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Вчера, 11:14
Ko'rishlar: 1
Sahifani chop etish