XORAZMDA TIBBIYOTNI RAQAMLASHTIRISH: IT-OPERATORLAR UCHUN O‘QUV-SEMINARLARGA START BERILDI

XORAZMDA TIBBIYOTNI RAQAMLASHTIRISH: IT-OPERATORLAR UCHUN O‘QUV-SEMINARLARGA START BERILDI
Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tibbiyot sohasini raqamlashtirish, DMED axborot tizimining yangi imkoniyatlarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan IT-operatorlar uchun o‘quv-seminarlar boshlandi.
Bugun Yangibozor tumani va Xiva shahri IT-operatorlari uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus seminarlarida tayyorgarlikdan o‘tgan malakali trenerlar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Hududlar bo‘yicha tibbiyot xodimlarining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan ushbu o‘quv-seminarlar bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
