2026 yil 12 may kuni Xiva shahar tibbiyot birlashmasida “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

2026 yil 12 may kuni Xiva shahar tibbiyot birlashmasida “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan hamshiralar, shifokorlar hamda soha faxriylari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida hamshiralarning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni, bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi fidokorona mehnati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ko‘p yillik samarali mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va kasbiga sadoqati bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh hamshiralar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Unda ishtirokchilar tomonidan hamshiralarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning inson salomatligini asrash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatiga yuksak baho berildi.

Mazkur tadbir tibbiyot xodimlarining kasbiy nufuzini oshirish, jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.



Сегодня, 09:58
Ko'rishlar: 1
Sahifani chop etish