“Sog‘lom tanda — sog‘lom tibbiyot” shiori ostidagi musobaqada Xiva shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

“Sog‘lom tanda — sog‘lom tibbiyot” shiori ostidagi musobaqada Xiva shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlarining jismoniy faolligini oshirish hamda jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida “Sog‘lom tanda — sog‘lom tibbiyot” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqaning voleybol turida viloyatning turli shahar va tumanlaridan kelgan kuchli jamoalar o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlarda har bir jamoa g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi. Ayniqsa, Xiva shahar tibbiyot birlashmasi erkaklar jamoasi musobaqa davomida yuqori tayyorgarlik, ahillik va mahorat namoyon etib, barcha raqiblaridan ustun keldi.

Final bahsida ham jamoa a’zolari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi va jamoaviy o‘yini bilan muxlislar va hakamlar e’tiborini qozondi. Natijada Xiva shahar tibbiyot birlashmasi erkaklar va ayollar  jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, Kasaba uyushmasi kubogi sohibi bo‘ldilar.

Mazkur yutuq jamoaning sportga bo‘lgan qiziqishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi hamda tibbiyot xodimlari nafaqat o‘z kasbida, balki sport maydonlarida ham faol va tashabbuskor ekanligini yana bir bor namoyon qildi.

Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Xiva shahar tibbiyot birlashmasi jamoasining ushbu g‘alabasi muassasa jamoasi uchun katta g‘urur va kelgusi musobaqalar uchun munosib ruhiy kuch bag‘ishladi.

Bunday sport tadbirlarining muntazam o‘tkazilishi tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xiva shahar tibbiyot birlashmasi erkaklar jamoasini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!


Вчера, 17:07
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish