Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida “Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini bo‘yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda ishtirokchilar elektron tibbiy tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalari, bemorlar ma’lumotlarini to‘g‘ri va tezkor kiritish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek kasbiy bilim va malakalari bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi hamda ular o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Umarova Dildora, 2-son oilaviy poliklinika IT-hamshirasi
🥈 2-o‘rin — Qalandarova Maftuna, 1-son oilaviy poliklinika IT-hamshirasi
🥉 3-o‘rin — Matyaqubova Muhabbat, KTMP IT-hamshirasi
G‘olib va sovrindorlar tanlovning keyingi Viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.





