"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
12-mart kuni "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi kuni munosabati bilan Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Xiva shahar texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Xiva shahar tibbiyot birlashmasi rahbari R.O. Pirnazarov ishtirok etdi. Tadbir Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflarini bildirishdi. Xiva shahar tibbiyot birlashmasi rahbari tomonidan yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga batafsil javob berildi.


Вчера, 16:12
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish