12 may "Halqaro xamshiralar kuni" munosabati bilan Xiva shahar Tibbiyot birlashmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R.O.Pirnazarov muassasalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘rta tibbiyot xodimlarni bayram bilan tabriklab, Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘palboy Tangriberdiyevning 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tabrigini o‘qib eshittirdi.Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 4 nafar faol xamshiralarga faxriy yorliq va estalik sovg‘alari, tibbiyot birlashmasi xamda kasaba uyushmasi tomonidan barcha o‘rta tibbiyot xodimlariga bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Muassasa bo‘lim mudirlari bayram bilan o‘rta tibbiyot xodimlarini tabriklab sog‘liq- salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik va ishlariga omadlar tiladilar.



